Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi

Moskvadagi shifoxonalardan birida UFC bo‘yicha chempion Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov vafot etdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Telegram kanalida xabar bergan.
«Menga qayg‘uli bir xabar yetib keldi: sport ustasi Abdulmanap Nurmagomedov vafot etdi. Chechen xalqi nomidan marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman»—,deya yozgan Qodirov.
Abdulmanap Nurmagomedov 25 aprel kuni Mahachqal’adagi shifoxonaga yotqizilgan keyinroq Moskvaga ham olib borilgandi. Unga yurak kasalligi tashxisi ham qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas