Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ummon» guruhining sobiq xonandasi avtohalokatga uchradi

«Ummon» guruhining sobiq xonandasi avtohalokatga uchradi

Skrinshot

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Mega Planet savdo markazi oldida qo‘shiqchi Zohid Risqiyev boshqaruvidagi BMW mashinasi YTHga uchradi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH yuz bergan joyda bir kishi vafot etgan, xonanda va ikki sherigi shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent shahar IIBB ushbu hodisa yuzasidan quyidagicha ma’lumot berdi:

«Joriy yilning 29-sentyabr kuni taxminan soat 23:00 larda 1990-yilda tug‘ilgan Z.R. o‘zining boshqaruvidagi BMW rusumli (davlat raqam belgisi 01 N 806 HA) transport vositasida Ahmad Donish ko‘chasidan Yangishahar ko‘chasiga qarab harakatlanayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Natijada transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchilari — 1995-yilda tug‘ilgan J.I. hamda 1996-yilda tug‘ilgan J.Y. kasalxonaga yotqizilgan. 1994-yilda tug‘ilgan X.S. voqea joyida vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda».

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring