Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umra safari narxlari yana oshishi mumkinligi ma’lum qilindi

Umra safari narxlari yana oshishi mumkinligi ma’lum qilindi

Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barcha yirik musulmon mamlakatlarga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilishi ortidan podshohlikdagi barcha xizmatlarga talab oshgan. O‘z navbatida bu o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlari narx-navosiga ham ta’sir ko‘rsatadi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning 17-mart holatiga 21 mingdan ortiq ziyoratchi Saudiya Arabistoniga jo‘natilib, ulardan 16 ming nafardan ziyodrog‘i Umra amallarini to‘liq ado etib, O‘zbekistonga qaytib kelgan.

Hozirda 5,6 ming nafarga yaqin ziyoratchi Saudiya Arabistonida Umra ziyoratlarini amalga oshirmoqda.

«5 mart kunidan e’tiboran, podshohlikka PZR-test javobisiz kirish hamda oraliq masofani saqlash tartibi bekor qilindi. Yana bir quvonarli jihati — endilikda Saudiyadan O‘zbekistonga kelayotgan ziyoratchilarimizdan ham PZR-testi talab etilmaydigan bo‘ldi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barcha davlatlar, xususan, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Eron va Misr kabi yirik musulmon mamlakatlariga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berildi.

Bu, o‘z navbatida, hozirgi kunda Saudiya Arabistonida mehmonxona va boshqa turdagi servislarga talab oshishiga, xususan, Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlarining narx-navosiga ham ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Umra safari to‘lovi qimmatlashgan va bunga Musulmonlar idorasi izoh bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring