Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Un qanday ishlab chiqariladi? Un erkin bozor narxiga o‘tishi ortidan o‘tkazilayotgan press-turning uchinchi kuni (foto)

Un qanday ishlab chiqariladi? Un erkin bozor narxiga o‘tishi ortidan o‘tkazilayotgan press-turning uchinchi kuni (foto)

Foto: Xabar.uz

Toshkentdagi OAV vakillari «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi «Toshkentdon» un ishlab chiqarish korxonasida bo‘lishdi.

Korxonada 450 nafar ishchi-xodim ishlaydi. Bu yerda bir kecha-kunduzda 500 tonna atrofida un va omuxta yem ishlab chiqariladi.

Aksiyadorlik kompaniyasi boshqarma boshlig‘i G‘ofurjon Qarshiboyevning aytishicha, kompaniya tizimida xuddi shunday 43 ta korxona bor

Jurnalistlar «Toshkentdon» un va omuxta yem ishlab chiqarish korxonasidagi har bir jarayonni sinchiklab kuzatdilar. Ish elektron boshqaruv asosida tashkil etilgan. Ya’ni barcha sexlardagi ish kompyuterlarda taqsimlanadi, kuzatiladi, yo‘naltiriladi.

«So‘nggi 5 yilda 43 ta don korxonasidan 39 tasi Germaniya, Turkiya, Rossiya, Ukraina va Xitoyning energiyatejamkor, elektor boshqaruvli ilg‘or texnologiyalari bilan jihozlandi. Bu jami qiymati 58,3 mln dollarlik 61 ta investitsion loyihadir», — dedi G‘ofurjon Qarshiboyev.

Press-tur ishtirokchilariga avvalo xom ashyo zaxirasi ko‘rsatildi. Aytishlaricha, omborxonada saqlanayotgan bug‘doy sentyabr oyigacha to‘la quvvat bilan ishlashga yetadi. Ishlab chiqarish amaliyoti rahbari Ziyovuddin Muqimov «Zaxira haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Mana hozir yangi hosil yig‘ib olinyapti. Kompaniya korxonalarida esa hatto sentyabrda ham un yetishtirishga yetadigan zaxira mavjud. Raqam bilan aytganda, bir yarim baravar zaxiramiz bor», — dedi.

G‘ofurjon Qarshiboyev ayni vaqtda erkin savdo orqali un sotib olayotgan kombinatlarda ham zaxira yetarli ekanligi nishonasi haqida gapiradi. «Birjaga 55 ming tonna un chiqardik, 53,5 ming tonnasi sotildi. Shundan, ya’ni xarid qilingan unning 14 ming tonnasi hali olib chiqib ketilmadi. Chunki, non tayyorlovchi kombinatlarda ham zaxira bor».

Jurnalistlar bug‘doyni tozalash jarayonidan uni qanday qilib unga aylantirilishigacha bo‘lgan jarayonni kuzatdilar. «O‘zdonmahsulot» AK, shuningdek, uning ushbu korxonasi vakillariga savollar bilan murojaat qildilar.

Unning birja orqali erkin savdoga chiqarilishi shu vaqtgacha o‘z qadrini topmagan fermer-dehqonning mehnati, xarajatlari to‘la qoplanishi yo‘lidagi dadil qadam, deb aytildi. Bu kelgusida O‘zbekistonda yetishtiriladigan bug‘doyning oshishiga zamin tayyorlashi ta’kidlandi.

Iqtisodchilar 1-iyundan boshlab, shu vaqtgacha 1600 so‘mdan sotilgan qolipli non 2800 so‘mda narxlanganini unning erkin bozor narxida muvofiqlashtirilishi, deb izohlaydilar. Bunga qadar bo‘lgan narx mahsulotning o‘z tannarxini qoplamaydigan darajada ekani ta’kidlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring