Una Moliya O‘zbekistonda ish boshlaydi

Bugun, 24 iyun kuni «Mikrokreditbank» ATB va «UnaFinancial» xalqaro moliya texnologiyalari xoldingi hamkorligida yangi mikromoliya tashkiloti — Una Moliya’ning rasmiy ochilish tadbiri o‘tkazildi.
Bank Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, loyihaning asosiy maqsadi — garov va kafil talab etilmaydigan, butunlay onlayn mikroqarzlarni taqdim etish orqali tadbirkorlar va olis hududlardagi aholi uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishdir.
Ushbu yangi xizmatning ishga tushishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan «Mikrokreditbank» ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ikrom Jumaniyazov hamda «UnaFinancial» mintaqaviy direktori Almaz Torutayev loyiha kichik tadbirkorlik uchun ishonchli moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot bo‘lishini ta’kidlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter