Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uni ikkinchi Oxunjon Madaliyev deyishardi»: Xonanda Rahmatillo Yusupov vafot etdi

«Uni ikkinchi Oxunjon Madaliyev deyishardi»: Xonanda Rahmatillo Yusupov vafot etdi

Farg‘onalik xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshida vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u og‘ir kasallik bilan kurashib kelgan. 

U «Ketgim kelmayapti onajon», «Kelinchak» kabi qo‘shiqlar bilan tanilgan, imidj va uslub jihatdan marhum san’atkor Oxunjon Madaliyevga juda o‘xshash edi. Uni hatto «ikkinchi Oxunjon Madaliyev» deb ham atashgan. 

Rahmatillo Yusupov 1981-yil, 15-sentyabr kuni, Farg‘ona viloyatida dunyoga kelgandi. 100 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor. Oilali, ikki farzandning otasi edi.

Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring