Urganch aeroportida 290 nafar yo‘lovchi to‘plandi

Uzbekistan Airports ijtimoiy tarmoqlarda Urganch xalqaro aeroportida odamlarning tirbandligi yuzaga kelgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4 noyabr kuni soat kechasi taxminan 02:00 dan boshlab «Urganch» xalqaro aeroportiga Urganch—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha I-Fly Airlines aviakompaniyasining parvozini amalga oshirish niyati bilan yo‘lovchilar kelishni boshlashgan. Biroq bu parvoz jadvalda mavjud bo‘lmagan. Yo‘lovchilarning fikriga ko‘ra, ularning barchasi Avia Market orqali aviachiptalarini sotib olgan. Jami 290 ta chipta charter reysiga sotilgan.
«Urganch» aeroporti xodimlari barcha yo‘lovchilarni jo‘nab ketish zaliga joylashtirib, qo‘shimcha stul va skameykalar o‘rnatgan, shuningdek, chiptalarni sotgan kompaniya bilan bog‘lanib, yo‘lovchilarga barcha kerakli ma’lumotlarni berishni va kelib chiqqan vaziyatni hal qilishni talab qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Avia Market kompaniyasi O‘zbekiston Transport vazirligi bilan parvozni kelishmagan va kerakli hujjatlarni tayyorlamagan.
Ayni paytda vaziyat tartibga solingan va Moskvadan A-330 samolyoti Urganchga uchib ketgan. Aeroportda ro‘yxatdan o‘tish e’lon qilingan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, Uzbekistan Airports AJning faoliyati aviachiptalarni sotish bilan bog‘liq emas.
Avvalroq Toshkent–Istanbul yo‘nalishida shunaqa holat kuzatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter