Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Urush hidi»: AQSh va Xitoy armiyalari kuchi solishtirildi (infografika)

«Urush hidi»: AQSh va Xitoy armiyalari kuchi solishtirildi (infografika)

Kollaj: «LIFE»; Foto: «Wikipedia»

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashishda davom etyapti. AQSh Davlat departamenti yangi rahbari Entoni Blinken bu haqda bayonot berdi. Amerika diplomatiyasi rahbari qo‘shimcha qilishicha, Jo Bayden ma’muriyati Xitoy bilan «kuch pozitsiyasi»da turib gaplashadi. Kim kuchliroq?

Nufuzli Global Firepower Index reytingida AQSh jahonning 138 kuchli armiyasi orasida birinchi o‘rinni egallagan. Xitoy uchinchi o‘rinda, o‘rtada Rossiya bor. Mamlakatlarning harbiy budjetlari keskin farqlanadi. AQShning yillik harbiy xarajatlari — 740,5 milliard dollar, Xitoyniki esa kamtarroq — 178,2 milliard dollar atrofida.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar qurolli to‘qnashuvgacha yetib borgan taqdirda, har qanaqa talqinda ham, birinchi navbatda, dunyo jabr ko‘radi. «LIFE» nashri ikki mamlakat qurolli kuchlari — quruqlik qo‘shinlari, yer usti texnikasi, flot va havo kuchlarini infografikalarda solishtirib chiqdi.

Albatta, AQSh-Xitoy munosabatlari ochiqdan-ochiq qurolli nizogacha yetib bormasligiga umid qilamiz. Aks holda butun insoniyat taqdiri qil ustida qoladi. Bunday vaziyatda yadroviy qurollar ishga tushmasligiga ham hech kim kafolat berolmaydi. Buni Pekin ham, Vashington ham yaxshi tushunib turibdi, o‘zaro munosabatlar, har qancha murakkab bo‘lmasin, imkon qadar konstruktiv bo‘lishiga intiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring