«Urush onalarning la’natlaridir» — eng sara aforizmlar shodasi

Urush bilan bog‘liq eng sara aforizmlarni e’tiboringizga taqdim etamiz. Ular shoir, yozuvchi, sarkarda va boshqa davlat arboblari tilidan aytilgan.
Dushmanlar bilan bir qabrda yotgandan ko‘ra, ular bilan muzokaralar stolida o‘tirganing afzal.
Boris Kriger
Urush – sarguzasht emas. Urush – kasallik. Terlama kabi.
Antuan de Sent Ekzyuperi
Urush inson va tabiat ustidan qilingan ulkan haqoratlardan biridir.
Vladimir Mayakovskiy
Urush xalqlar uchun – ko‘z yoshlar va qon, bu – bevalar va boshpanasizlar, bu – to‘zitilgan kulba, o‘ldirilgan yoshlik va tahqirlangan keksalikdir.
Ilya Erenburg
Urushlar – shuhrati olamga yoyilgan yovuzlik
Seneka
Urushdan so‘ng g‘alaba, g‘alabadan so‘ng – taqsimot, ana shunda urushganlardan ko‘ra g‘oliblarning ko‘pligi ayon bo‘ladi. Urushning taomili shunday.
Urash g‘olibni ahmoqqa, mag‘lubni vahshiyga aylantiradi.
F.Nitsshe
Urushni eng tez yakunlashning yo‘li – mag‘lubiyatga uchrashdir.
J.Oruell
Urushni xohlaganda boshlaydilar, biroq qo‘llaridan kelganida tugatadilar.
Ya.Makiavelli
Urushlar onalarning la’natlaridir.
Kvint Goratsiy
Men urushni jirkanch deb hisoblayman, ammo kamina uchun yanada jirkanchlisi – o‘zi urushda qatnashmay, uni doston qiladiganlardir.
Romen Rollan
Urush pullardan oziqlanadi, urush qondan shodlanadi – bizgacha ham shunday bo‘lgan.
Danilo Tuptalo
Urush – g‘alaba sari eltadigan turkum halokatlardir.
Jorj Klemanso
Urush – tinch qo‘shniga hamla qilingan vahshiylik, biroq vatanni himoya qilganda, bu – muqaddas burchdir.
Gi de Mopassan
Tinch-osuda paytda o‘g‘illar otasini dafn etadi, urush vaqtida esa otalar o‘g‘illarini ko‘madi.
Frensis Bekon
Faqat oxirgi askar ko‘milsa, urush tugagan bo‘ladi.
Aleksandr Suvorov
Urush haqiqat va insoniylikni rad etishdir. Gap faqat odamlarni o‘ldirishda emas, ular u yo yoki bu tarzda baribir o‘ladi, balki ongli va qat’iy ravishda nafrat va yolg‘onni insonlarga tarqatishdir.
Javoharla’l Neru
Urush – kuchlining ojiz ustidan hukmronlik qilishi uchun tabiiy huquqni amalga oshirishidir.
Benedikt Spinoza
Urush, bu – bo‘ri va u eshigingiz oldiga kelishi mumkin.
Bernard Shou
Dunyodagi barcha urushlar – fuqarolik urushlaridir: odam odamning qonini to‘kadi.
Fransua Fenelon
Urush yakun topganda panadan qahramonlar chiqib keladi.
Yu.Bulatovich
Urush – xalqlarning ojizligi va ahmoqligi mevasidir.
Romen Rollan
Urushda yoshlikning halok bo‘lishi – yil fasllaridan bahorni yulqib olish degani.
Perikl
Harbiy jinoyat nima ekanligini faqat g‘oliblar hal qiladi.
G.Uille
Urushda g‘alaba qozonishdan ko‘ra, urushga yo‘l qo‘ymaslik qiyinroq.
Urush – bashariyatga qarshi jinoyat bo‘lib, uning ijrochilari va buyurtmachilari mavjud.
Konstantin Kushner
Xalqlar bir-biri bilan yoqavayron bo‘lsa, bu urush deb nomlanadi.
Kozma Prutkov
Urush, bu – gohida eng yaxshi odamlar mag‘lubiyatga duchor bo‘ladigan o‘yindir.
M.Kemal
Agar askarlarimiz bizning nima uchun urush qilayotganizni anglaganida edi, birorta ham urush bo‘lmasdi.
Buyuk Fridrix
Har qanday urush dastlabki bir oy mobaynida mashhurdir.
Artur Shlezinger
Men aminmanki, avvalgi urushlarning xatosi takrorlanmaydi, chunki biz talay yangi xatolarga qo‘l uramiz.
Urush, bu – katta ehtimolga ko‘ra, qo‘pol xatolarning katalogidir.
Uinston Cherchill
Urushning nima ekanligini haqiqatda murdalar biladi: faqat ular hammasini oxirigacha anglab yetgan.
Erix Mariya Remark
Zilzilani bartaraf etib bo‘lmaganidek, urushda ham yutish mumkin emas.
Jannet Rankin
Urushni harbiylar boshlamaydi. Urushni siyosatchilar boshlaydi.
Uilyam Uestmorland
Bu urush urushlarga yakun yasaydi. Keyingisi ham.
Devid Lloyd Jorj
Urushning birinchi qurboni haqiqat bo‘ladi.
X.Jonson
Bizga shunday deyishadi: urush – qotillikdir. Yo‘q, u o‘z joniga suiqasddir.
Ramsey Makdonald
Shaharlarni askarlar topshiradi, generallar oladi.
Aleksandr Tvardovskiy
Haqiqatda urush hech kimga kerak emas, biroq ko‘pchilikka nafrat kerak.
Maks Frish
Har bir millat o‘zini boshqa millatlardan ustun hisoblaydi. Bu vatanparvarlik va... urushlarni keltirib chiqaradi.
Deyl Karnegi
Urushni adolatli deb bo‘lmaydi, chunki hatto adolat uchun kurashsang ham odilona urushish mumkin emas.
Tadeush Kotarbinskiy
Urush o‘zida barcha qashshoqlik va barcha jinoyatlarni qamrab olgan qashshoqlik va jinoyatdir.
Volter
Dushman bo‘lmaganda, urushlar ham bo‘lmaydi.
Lao Szi
Agar qo‘rquv tanho o‘zi hamisha odamlar ustidan hukmronlik qilganida hech qachon urushlar bo‘lmasdi.
Karel Chapek
Folklend urushi ikki taqirboshning taroq talashib qilgan mushtlashuvi edi.
Xorxe Luis Borxes
Urushni siyosatning davomi, deganlari yolg‘on. U siyosatning nochor va ojiz o‘simtasidir.
Sergey Lukyanenko
Askar bo‘lib tug‘ilmaydilar, askar bo‘lib o‘ladilar.
Yegor Letov
Urush g‘alabani yaxshi ko‘radi va davomiylikni xushlamaydi.
Sun Szi
Urushning maqsadi tinchlik hisoblanadi.
Arastu
Agar biz urushni yakunlamasak, urush bizni tugatadi.
Gerbert Uells
Hozir urushni niyat qiluvchi vahshiylar insoniyatning kelajagini o‘ldirishga shay, chunki bu ularning kelajagi emas.
Ilya Erenburg
Tinchlik qanday o‘rnatiladi va urushlar avj oladi? Diplomatlar jurnalistlarni aldaydi va o‘z yolg‘onlarini gazetalarda o‘qib ishonadi.
Karl Kraus
Urush tugamaydi, u dam oladi.
Urshula Kozel
Xalqqa qilingan ma’ruzalar urushda zavq-shavqqa ega bo‘lish uchun kerak.
Benito Mussolini
Dunyo – urushlar o‘rtasidagi nafas rostlash, xolos.
Adrian Dekursel
Agar urushning oqibatini oldindan ko‘rib bo‘lganda, har qanday urushlar to‘xtar edi.
Karol Bunsh
Yo urushlar urfdan chiqadi, yoki odamlar.
Bakminster Faller
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter