Uy-joy uchun subsidiya to‘xtatilgan bo‘lsa nima qilmoq kerak?

Uy-joy uchun subsidiya olmoqchiman. Ammo hozirda ariza qabul qilish to‘xtatilgan ekan. Qayerga, qachon va qanday tartibda hujjat topshirsa bo‘ladi?
Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda shu savolga javob qaytarildi.
«Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qaroriga asosan, 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari (fuqaro mehnat migranti bo‘lganda uning nomidan oila a’zolari ham ariza berishi mumkin) uy-joy sotib olishda boshlang‘ich badal yoki kredit foizining bir qismini qoplash bo‘yicha subsidiyalar olish uchun joriy yilning 1 martidan 1 oktyabriga qadar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali orqali ariza berishlari mumkin.
Quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:
- Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari;
- Oila a’zolarining shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) bo‘lganda) va farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan bo‘lsa) nusxasi;
- Nikoh bekor qilingani haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilgani to‘g‘risidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati to‘g‘risida FHDYo organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);
- Turar-joyning kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar;
- Turar-joyining uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl bo‘yicha) nusxalari;
- Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlari haqida ma’lumotnoma.
- Ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshirilishi belgilangan.
Mazkur parametrlar belgilangach, «Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga YaIDXP» (my.gov.uz) hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza berish mumkin bo‘ladi. Arizalar qabul qilinishi boshlanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter