Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uy qamog‘idan qochgan «katta»ning o‘g‘li taqdiri ochiqlandi

Uy qamog‘idan qochgan «katta»ning o‘g‘li taqdiri ochiqlandi

Krasnoyarsk gubernatorining o‘g‘li Artem Uss hozir Rossiyada ekanligini ma’lum qildi. U avvalroq Milan chekkasida joylashgan uy qamog‘idan qochgandi. Uss u yerda AQShga ekstraditsiya qilinishini kutayotgandi.

«Men Rossiyadaman! Bir necha  dramatik kunlarda kuchli va ishonchli odamlar yonimda edi. Ularga rahmat», deya bayonot bergan rossiyalik amaldorning o‘g‘li.

Artem Uss 2022-yil oktyabr oyida AQSh Adliya vazirligi talabiga binoan Milanda hibsga olingandi. AQSh rasmiylari uni neft kontrabandasi, offshor kompaniyalar orqali harbiy texnologiyalarni eksport qilish va pul yuvishda ayblamoqda.

Bir necha kun avval  Artem Uss sheriklari yordamida Italiyada uy qamog‘idan qochib ketgani ma’lum bo‘lgandi. 

Ma’lumot uchun, Artemning otasi Aleksandr Uss 2018-yil 21-sentyabrdan Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori vazifasiga tayinlangan. «Yedinaya Rossiya» partiyasi a’zosi. 2018 yil oxirida Aleksandr Uss Rossiyaning eng boy gubernatori deb topilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring