Uyali telefonga uya qurgan balo — bunga o‘zimiz aybdormiz (infografika)
Janubiy Koreyaning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, yirik supermarketlar aravachalarining tutqichlaridagi bakteriyalar soni har 10 kvadrat santimetrga 1100 koloniyani tashkil etarkan. Ikkinchi o‘rinni internet-kafelardagi kompyuter sichqonchalari egallaydi. Jamoat joylaridagi hojatxonalar eshiklari tutqichlarida esa o‘rtacha har kvadrat santimetrda 340 tadan zararli mikroorganizmlar koloniyalari joylashib olgan.
Uyali telefon yuzasida unitaz qopqog‘i ostidagidan anchagina ko‘p bakteriyalar yashashi ham tadqiqotlar jarayonida aniqlangan. Xulosa shuki, mobil telefon, kompyuter klaviaturasi yoki televizor pultini muntazam tozalab, dezinfeksiyalab turish shart, yo‘qsa bularda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar uyalab-urchib ketadi. Mana, kasalliklar nimadan boshlanadi...
Biz esa dasturxon boshida ham televizor pultini qo‘limizdan qo‘ymaymiz, smartfon esa bolalarda...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter