Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyda qolib karate bo‘yicha maxsus musobaqada qatnashish va g‘olib bo‘lish mumkin

Uyda qolib karate bo‘yicha maxsus musobaqada qatnashish va g‘olib bo‘lish mumkin

Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan va inson salomatligi uchun katta xavf tug‘dirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham kirib keldi. Joriy yilning 15 mart sanasida O‘zbekistonda ilk bora koronavirusga chalinganlik holati qayd etildi. Shu munosabat bilan, 2020 yil 16 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha ta’lim muassasalari noma’lum muddatga yopildi. Shuningdek, mamlakatimiz hududida sport musobaqalari va tadbirlari o‘tkazilishi ham noma’lum muddatga qoldirildi.

Shunday bo‘lsada, aholi o‘rtasida karantin davrida bo‘sh vaqtlirni mazmunli tashkil etish borasida Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan viloyatdagi barcha karate ustalari uchun maxsus musobaqa tashkil etilmoqda.

Karatening «kata» yo‘nalishi bo‘yicha onlayn tarzda tashkil etilayotgan «Boshqarma kubogi» musobaqasi joriy yilning 20-26 aprel kunlari o‘tkaziladi. Ushbu onlayn musobaqa Toshkent viloyati aholisining uy sharoitida sport bilan muntazam shug‘ullanishni tashkil etishida muhim o‘rin tutadi.

«Boshqarma kubogi»da yoshi va jinsidan qat’iy nazar Toshkent viloyatining barcha aholisi ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar «kata» yo‘nalishida nimalarga qodir ekanliklarini isbotlagan holda maxsus video orqali +998915081919, +998974426767 raqamlarining telegram manzillariga jo‘natishi zarur. Olingan videolavhada ishirokchi haqida to‘liq ma’lumot berilishi shart.

Jo‘natilgan videolar musobaqa tashkiliy qo‘mitasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Musobaqada ishtirok etib, 1-3 o‘rinni egallaganlar Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

1-o‘rin: Mikroto‘lqinli pech;
2-o‘rin: Tefal suv qaynatish qurilmasi;
3-o‘rin: Karate sport jihozi.

Aziz Toshkent viloyati aholisi, karantin davrini o‘z uyingizda o‘tkazgan holda sport bilan shug‘ullaning va Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan onlayn musobaqalarda muntazam ishtirok etib, g‘olib bo‘ling!

Bu hali barchasi emas. Oldinda boshqa sport turlari bo‘yicha ham qiziqarli onlayn musobaqalar sizni kutib turibdi.

Uyda qoling! Sport bilan shug‘ullaning! Onlayn musobaqalarda ishtirok etib, g‘olib bo‘ling! Biz siz bilan koronavirusni yengamiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring