Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyidan quvib chiqarilgan onaga farzandi qaytarildi

Uyidan quvib chiqarilgan onaga farzandi qaytarildi

Foto: «Unicef.org»

Buxoroda turmush o‘rtog‘ining uyidan quvib chiqarilgan ayolga MIB Buxoro tumani bo‘limi aralashuvi bilan voyaga yetmagan bolasi qaytarildi. Boshqarma davlat ijrochisi Asilbek Qandahorovning «Xabar»ga ma’lum qilishicha, joriy yilning sentyabr oyida 22 yoshli F.H. oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush o‘rtog‘i B.A. tomonidan uydan majburiy ravishda quvib chiqarilgan. Onaning qarshiligiga qaramay, voyaga yetmagan farzandi undan tortib olib qo‘yilgan.

F.ning farzandini o‘z tarbiyasiga olishi uchun qilgan xatti-harakatlari zoye ketgan. U MIB Buxoro tumani bo‘limiga murojaat qilgan. Davlat ijrochisi tomonidan B.A.ga bolani onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida bir necha marta ogohlantirish xatlari yuborilgan. Shunga qaramay, ota farzandini onasiga topshirishdan bosh tortib kelgan. Oradan ikki oy o‘tgach, ijro hujjatlari fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga oshirilgan hamda sud bolaning ona parvarishiga muhtojligini inobatga olib, da’voni qanoatlantirgan. Hali bir yoshga ham to‘lmagan bola onasiga qaytarilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, F.H. turmush qurganidan buyon oilada kamsitilib kelingan va unga yashab ketishi uchun hech qanday imkon berilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring