UzAuto Motors avtomobil sotishda yangi tartibga o‘tadi
Ommaviy avtomobillar uchun shartnomalarni olishdagi ur-yiqit, keskinlik dilerlik markazlarida oshsa-oshmoqdaki, kamaygani yo‘q. Qolaversa, dasturiy ta’minotdagi yuqori yuklanish tufayli yuzaga kelgan texnik nosozliklar shartnomani onlayn olishda ham muammolarni keltirib chiqardi.
Qayd etilishicha, «UzAuto Motors» kompaniyasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda «UzAvtoSavdo» tizimini modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirib, tizimning texnik jihozlanishini kuchaytirmoqda.
«UzAuto Motors» onlayn sotuv bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning yakunlanishi va onlayn savdoga to‘liq o‘tish vaqtini o‘zining rasmiy kanallarida qo‘shimcha ravishda e’lon qilishini bildirdi. Demak, kompaniya to‘liq onlayn savdoga o‘tadi va endi dilerlik markazlarida shartnoma tarqatmaydi.
Avtomobilni onlayn xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
- OneID tizimidan ro‘yxatdan o‘tish;
- Telefonga «UzAvtoSavdo» ilovasini yuklab olish (iOS/Android), avdo.uzavtosanoat.uz saytiga kirishi kerak;
- OneIDdagi parol yoki login yordamida sayt/ilovadan ro‘yxatdan o‘tish;
- Avtomobil modeli, rangi va komplektatsiyasi hamda ma’qul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda shartnoma tuzish kerak bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter