Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors ko‘pchilik kutgan xabarni e’lon qildi

UzAuto Motors ko‘pchilik kutgan xabarni e’lon qildi

«UzAuto Motors» Chevrolet Cobalt, Damas va Labo  avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 22 dekabir kuni 12:00 da 2024 yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining butun hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.

Avtomobil xarid qilish uchun shartnomani faqat onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin.

«E’tibor qarating, shu kunlarda barcha Chevrolet dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chiriladi va avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi», deyiladi xabarda.

Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi, shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot faqat navbatni kuzatish  xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring