Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors uydan chiqmasdan avtomobil sotib olishni tavsiya qilmoqda

UzAuto Motors uydan chiqmasdan avtomobil sotib olishni tavsiya qilmoqda

UzAuto Motors kompaniyasi mijozlardan avtomobil sotib olishda mobil imkoniyatlardan foydalanishni va uydan chiqmasdan xaridni amalga oshirishni tavsiya qildi.

«Hurmatli xaridorlar!

Koronavirus bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat sababli UzAuto Motors kompaniyasi xaridni mobil imkoniyatlardan foydalangan holda, bevosita aloqasiz yo‘llar orqali amalga oshirishni tavsiya qiladi.

Bugungi kunda bunday xaridni Uzavtosavdo ilovasi orqali amalga oshirish imkoni mavjud, 2020 yilning 23 mart kunidan e’tiboran @uzautosanoat_bot Telegram-botida avtomobil uchun shartnoma tuzish yangi opsiyasi ham qo‘shiladi.

Bundan tashqari, mamlakatda epidemiologik vaziyat yaxshilanguniga qadar kompaniya shartoma bo‘yicha to‘lov amalga oshirish muddatini 7 dan 21 kungacha uzaytirganini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga kompaniyaning barcha dilerlik markazlari doimiy shtat rejimida faoliyat yuritayotganini ham aytib o‘tmoqchimiz. Korxonaning barcha dilerlik korxonalarida xavfsizlik ehtiyot choralari ko‘rilmoqda:

— Antiseptik vositali uskunalar o‘rnatilgan;
— Maxsus aralashmali purkagichlar bilan dezinfiksiya qilinmoqda;
— Xodimlar himoya maskalari hamda antiseptik vositalari bilan ta’minlangan.

Odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroq yurishga harakat qiling, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang», — deyiladi kompaniya murojaatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring