Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors yana bir urinib ko‘rmoqchi

UzAuto Motors yana bir urinib ko‘rmoqchi

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq, 22 dekabr soat 12:00 da ommabop avtomobillarning 2024 yilgi butun ishlab chiqarish rejasi uchun onlayn kontraktatsiya boshlanishi haqida ma’lum qilingandi. Ammo...

UzAuto Motors xabariga ko‘ra, UzavtoSavdo tizimida soat 10:00 dan boshlab qator tashqi ta’sirlar kuzatilgan va buning natijasida tizimga murojaatlar soni 1 soniyada 50 000 – 60 000 ga yetgan.

«UzavtoSavdo tizimiga avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlangandan so‘ng qilingan davomli kiberhujumlar, avtorizatsiya so‘rovlarini qayta ishlashda muammolarni yuzaga keltirdi. Bu o‘z navbatida, onlayn savdo tizimining to‘liq bloklanishiga olib keldi», deyiladi kompaniya xabarida.

Onlayn shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonida ishtirok etadigan bir qator tizimlar ishlamay qolgan paytdan boshlab, UzAuto Motors va tegishli tuzilmalar mutaxassislari tomonidan «UzavtoSavdo» tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish va ishlashini ta’minlash bo‘yicha texnik ishlar amalga oshirilgan.

«Savdo tizimini qayta tiklash ishlari yakunlandi. Kontraktatsiya uchun Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining rejalashtirilgan butun hajmi sotuvda mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga, qolgan boshqa avtomobil modellari uchun kontraktatsiya doimgidek tartibda amalga oshiriladi.

Ommabop avtomobillar uchun onlayn kontraktatsiya bugun, 25 dekabr kuni soat 14:00 da ochiladi. E’tibor qarating, tizim xavfsizligini ta’minlash uchun onlayn kontraktatsiya faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring