Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzbekistan Airways» Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi reyslari jadvaliga o‘zgartirishlar kiritdi

«Uzbekistan Airways» Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi reyslari jadvaliga o‘zgartirishlar kiritdi

Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar munosabati bilan, Uzbekistan Airways parvoz jadvalida majburiy o‘zgarishlar bo‘ldi.

Mazkur o‘zgarishlar Toshkent – Dehli, Mumbay, Laxor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket va ushbu shaharlar bilan bog‘liq qaytish yo‘nalishlariga taalluqlidir.

Qayd etilishicha, ba’zi holatlarda uchish vaqti o‘rtacha 1,5 soatga yoki undan ko‘proqga oshishi mumkin.

Kompaniya agar reys bekor qilinsa, yo‘lovchilarga yaqin sanalarga qayta bron qilish (jarimasiz) yoki aviabilet summasini to‘liq qaytarish imkoniyati taqdim etilishini ma’lum qilgan.

«Yo‘lovchilar, ekipajlar va havo kemalarining xavfsizligi bizning mutlaq ustuvor vazifamizdir.

Toshkentdan Dehli, Mumbay, Lahorga parvozlar haqidagi ma’lumotlar parvozlar jadvali to‘liq yangilangandan so‘ng qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi», – deyiladi xabarda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring