«Uzbekistan Airways» rahbariyatida yangi tayinlovlar bo‘ldi
«Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari tayinlandi.
Sattorov Alisher Abduvohobovich uch yil muddatga «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining transformatsiya, moliyaviy va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;
Ikromov Shahzod Ilyasovich uch yil muddatga «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining parvoz ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosari;
Yodgorov Shuhratillo Shavkatovich uch yil muddatga aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining «Uzbekistan Airways» tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovlar «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyatining ovoz beruvchi oddiy aksiyalariga ega bo‘lgan Yagona aksiyadori — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko‘ra amalga oshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter