«Uzbekistan Airways» Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha reys qo‘ydi

Farg‘ona vodiysida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelganligi faqat 2022-yil 5 may kuni «Uzbekistan Airways» AJ Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qoʻshimcha aviaqatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):
HY-085/086 Toshkent – Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishi
Toshkentdan jo‘nab ketish 15:00
Farg‘onaga yetib borish 16:00
Farg‘onadan jo‘nab ketish 17.00
Toshkentga yetib borish 18:00
HY-095/096 Toshkent – Namangan – Toshkent yo‘nalishi
Toshkentdan jo‘nab ketish 19:00
Namanganga yetib borish 20:00
Namangandan jo‘nab ketish 21.00
Toshkentga yetib borish 22:00
Eslatib o‘tamiz, noqulay ob-havo sabab Toshkent va Farg‘ona vodiysini bog‘lovchi Qamchiq dovoni yopilib, so‘ngra ochilgandi. Shuningdek, vodiyga qatnovchi poyezdlar ham vaqtincha to‘xtadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter