Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzbekistan Airways» yo‘lovchilarga eslatma bilan chiqdi

«Uzbekistan Airways» yo‘lovchilarga eslatma bilan chiqdi

«Uzbekistan Airways» Buyuk Britaniyaga borayotgan yo‘lovchi va sayohatchilarga eslatma berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 7-dekabrdan SARS-CoV-2’ning yangi «omikron» shtammi paydo bo‘lishi munosabati bilan Buyuk Britaniya hukumati mamlakatga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritgan.

Mavjud qoidalarga quyidagi qo‘shimcha qoidalar kiritildi:

  • 12 yoshdan oshgan barcha yo‘lovchilar, emlash holatidan qat’iy nazar, Buyuk Britaniyaga kelishdan kamida 48 soat oldin o‘tkazilgan PZR-testining salbiy natijasini taqdim etgan taqdirdagina mamlakatga kirishlari mumkin;
  • Shuningdek, Buyuk Britaniyaga kelgandan keyin ikkinchi kuni PZR-testini qayta topshirish majburiy etib belgilangan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring