Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzDigitalTV yangi manzil bo‘yicha o‘z eshiklarini ochdi!

UzDigitalTV yangi manzil bo‘yicha o‘z eshiklarini ochdi!

Raqamli televideniyening yetakchi operatorlaridan biri bo‘lmish UzDigitalTV yangi manzilda yangi savdo ofisini ochdi: endi mijozlar Yangihayot tumani, Mehrigiyo ko‘chasi, 47-uyda joylashgan ofisda kompaniya xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Yangi zamonaviy savdo-ofisda menejerlar mijozlarga jismoniy shaxslar uchun xizmatlarning to‘liq spektrini qo‘lga kiritishda bajonidil yordam beradilar. Bu yerda raqamli televideniyega ulanish bo‘yicha shartnoma tuzishdan tortib, kompaniya foydalanuvchilariga texnik xizmat ko‘rsatish va yangiliklardan xabardor etishgacha amalga oshiriladi.

2009 yildan buyon UzDigitalTV kompaniyasi aholiga yuqori sifatli raqamli televideniyedan foydalanish imkoniyatini taqdim etib kelmoqda. Kompaniya O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritib kelayotgan yillar davomida foydalanuvchilarning ishonchini qozonishga erishdi va bu bilan cheklanib qolmasdan, xizmat turini kengaytirishda davom etdi. Kompaniyaning savdo ofislari butun Respublika hududi bo‘ylab, shu jumladan eng chekka hududlarda ham keng tarqaldi va ularning miqdori tobora ortib bormoqda.

UzDigitalTV — yuqori sifat televideniyesi!

Koll-markaz telefoni: (+998) 78-129-90-00, 1065.
Sayt: www.uzdtv.uz
Telegram-kanal: t.me/Uzdtv_uz
Telegram-bot: t.me/uzdtv_bot
Instagram: @uzdigital_tv
Facebook: fb.com/uzdigitaltv

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring