Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UZTELECOM xalqaro gullar festivalida ishtirok etmoqda (video)

UZTELECOM xalqaro gullar festivalida ishtirok etmoqda (video)

Shu kunlarda Namangan viloyatiga tashrif buyursangiz, o‘zingizni o‘zga olamga tushib qolgandek his qilasiz. Boisi joriy yilning 22-may kuni viloyatda har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan Xalqaro gullar festivali boshlandi.

Yuqori darajada tashkil etilgan bu yilgi 61-Xalqaro gullar festivalida gulchilik tashkilotlari va boshqa mahalliy korxonalar qatorida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi ham ishtirok etmoqda.

Kompaniya tomonidan bayram tadbirlarining asosiy tantanalari o‘tkazilayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 16 gektar maydonga yuqori tezlikdagi Internetga ulangan 18 ta Wi-Fi zonasi tashkil etilib, festival ishtirokchilari hamda mehmonlarga mazkur ajoyib va yorqin bayram haqida so‘zlashi mumkin bo‘lgan sur’atlar va videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borishlari uchun bepul simsiz Internetdan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, Kompaniya festivalda ishtirok etish bilan bir qatorda inson ko‘zini quvnatuvchi hamda barchaga bayramona kayfiyat baxsh etuvchi turli xil gullardan tashkil topgan stend bilan ishtirok etmoqda.

Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar uchun UZTELECOM tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlari borasida batafsil ma’lumot berilmoqda.

Ta’kidlash joizki, festival doirasidagi manzarali namoyishlar uchun ekilgan 30 mingdan ziyod turli xildagi gul ko‘chatlari shahar ko‘chalari va xiyobonlari ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda. Bundan tashqari, milliy operator brendi ostida anvoyi gullar bilan bezatilgan maxsus avtomobil «Gul paradi» uchun tayyorlangan 61-gullar avtokarvonida faol qatnashib, xalqimizga bayram zavqini tuhfa etmoqda.

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi barchani 5-iyungacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro gullar festivaliga taklif etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring