Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzunlikka sakrash bo‘yicha O‘zbekiston rekordi yangilandi

Uzunlikka sakrash bo‘yicha O‘zbekiston rekordi yangilandi

Anvar Anvarov uzunlikka sakrashda O‘zbekiston rekordini yangiladi. Bu haqda Olympic.uz xabar berdi

Finlyandiyada o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov uzunlikka sakrashda mamlakatimiz rekordini yangilab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

U 8,25 metr masofaga sakrab, bir necha hafta oldin Toshkentda o‘zi o‘rnatgan milliy rekordni (8,23 metr) yangiladi.

Qolaversa, mazkur musobaqaning balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Barno Sayfullayeva 1,85 metr bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring