Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada koronavirus: bir yarim oyda eng past ko‘rsatkich

Turkiyada koronavirus: bir yarim oyda eng past ko‘rsatkich

Foto: «1tv.ge»

Turkiyada koronavirus holati aniqlanganlar soni bir kecha-kunduzda 902 nafarga ko‘paydi. Bu 6 iyundan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir, 19 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.

«Bugun 902 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi, jami kasallanganlar soni 222 402 nafarga yetdi. 19 nafar bemor hayotdan ko‘z yumib, ularning jami soni 5545 kishini tashkil etmoqda. Bugun tuzalganlar soni 1203 nafarga ko‘payib, jami 205 214 kishiga yetdi», — deb yozadi Koja «Twitter»da.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSSTning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 14,5 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan, 607 ming nafari olamdan o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring