Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasiga yana Lutfulla To‘rayevni chaqirdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi kechadigan o‘yinlar oldidan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bergan.
Milliy terma jamoa 2 noyabr kuni yig‘inga kirishadi. Bosh murabbiy Vadim Abramov va uning shtabi ushbu yig‘inga jalb qilingan futbolchilardan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Unda 32 futbolchi nomi qayd etilgan bo‘lib, yig‘in davomida va Qirg‘izistonga qarshi o‘yindan so‘ng Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan uchrashuvda ishtirok etadigan 23 futbolchi saralab olinadi.
Ushbu ro‘yxatdan «Bunyodkor» yarim himoyachisi Lutfulla To‘rayev ham o‘rin olgan. Eslatib o‘tamiz, Vadim Abramov Yaman va Singapur terma jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlar oldidan ham To‘rayevni tarkibga chaqirgan, ammo matbuot va muxlislar tomonidan uyushtirilgan bosim ostida bu qaroridan voz kechgan edi.
«Lutfulla To‘rayev borasida ko‘plab tanqidlar bo‘ldi. Ishoning, agar u Yamanga qarshi kechgan o‘yinda maydonda bo‘lganda, o‘yinni buzib qo‘ymagan bo‘lardi. Ammo tanqidlar yomg‘iridan so‘ng biroz kayfiyati tushdi, «Buxoro» bilan ko‘ngildagidek o‘ynay olmadi. Shu bois termada olib qolib, uni qiynamaslikka qaror qildim», — degan edi Vadim Abramov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter