Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina olganlarga pul tarqatilayotgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi

Vaksina olganlarga pul tarqatilayotgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi holat bo‘yicha o‘z bayonotini e’lon qilgan. 

«Vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilayotgani haqidagi yuqorida keltirilgan axborot ham ana shunday maqsadda tarqatilgan bo‘lib, hech qanday rasmiy asosga ega emas»,—deyiladi vazirlik izohida.

Eslatib o‘tamiz, vaksina olganlar o‘rtasida turli bonusli o‘yinlar tashkil etilishi ham ma’lum qilingandi. Jumladan, «Malibu» avtomobili ham o‘ynalgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring