Valeriya o‘zbek filmi uchun saundtrek kuyladi

Rossiyalik xonanda Valeriya Muxlisa Azizovaning «Scorpion» filmi uchun saundtrek ijro etdi.
«Rossiya xalq artisti Valeriya «Scorpion» filmiga saundtrek kuyladi va unga klip suratga oldi. Men Valeriya bilan ishlaganimdan juda ham mamnunman», – deb yozgan film rejissyori Muxlisa Azizova o‘zining «Facebook»dagi sahifasida.
«Scorpion» filmi gala-premerasi shu yil Toshkentda o‘tkaziladigan PROlogue xalqaro kinofestivali ochilish marosimida bo‘lishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter