Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vashingtonda 1-sentyabr O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi

Vashingtonda 1-sentyabr O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi

AQSh poytaxti meri Muriyel Bauzer O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligini yuksak sharaflab, ushbu kunni Vashingtonda «O‘zbekiston mustaqilligi kuni» sifatida rasman e’lon qildi.

Vashington shahri meri ushbu sananing ahamiyatini ta’kidlab, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olganligini qayd etdi.

«Qo‘shma Shtatlar poytaxtida 1-sentyabrning O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb e’lon qilinishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanib borayotganining ifodasidir. So‘nggi yillarda shakllangan hamkorlik o‘zaro strategik sheriklik munosabatlarining yorqin namunasi bo‘lib, turli sohalarda hamkorlikning yanada kengayishiga xizmat qilmoqda», – deyiladi «Dunyo» AA xabarida.

Merning maxsus bayonotiga ko‘ra, AQSh va O‘zbekiston ko‘plab sohalarda, jumladan, chegara va mintaqaviy xavfsizlik dasturlari, madaniy va gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, ingliz tilida ta’lim berishni rivojlantirish bo‘yicha mustahkam, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy va siyosiy islohotlar alohida mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Bauzer xonim so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston elchixonasi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Poytaxt meri ikki mamlakat o‘rtasidagi shaxslararo aloqalarni kengaytirish va madaniy almashinuvni rivojlantirish borasida sezilarli yutuqlarga erishilganini alohida ta’kidladi.

«Vashington shahri Amerika Qo‘shma Shtatlarining poytaxti sifatida O‘zbekiston mustaqilligi va uning jahon miqyosidagi ahamiyatini katta hurmat bilan e’tirof etadi», - deya ta’kidladi AQSh poytaxti meri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring