Vayronalar ostidan o‘zbekistonlik tirik topildi

Turkiyaning Kahramanmarash viloyatida bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi Boybekov Rashid Anvar o‘g‘li topildi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabar berdi.
Qutqaruvchilar tomonidan vayronalar ostidan olib chiqilgan vatandoshimiz hozirda «Şütçü İmam Üniversitesi Tıp Fakültesi» shifoxonasiga joylashtirilgan va ilk yordam ko‘rsatilmoqda.
Kuni kecha Turkiyadagi zilzilada bir o‘zbekistonlik halok bo‘lgani, to‘rt hamyurtimiz bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter