Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir Saidov «feyk» degan formaga Ortiqxo‘jayev 15,7 mlrd so‘m ajratdi

Vazir Saidov «feyk» degan formaga Ortiqxo‘jayev 15,7 mlrd so‘m ajratdi

Toshkentda o‘qituvchilar uchun formaga budjetdan 15,7 mlrd.so‘m pul ajratildi. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov o‘qituvchilar uchun formani «feyk» deb atagandi.

Toshkent shahar hokimining 27 iyuldagi 767-14-0-Q/22 sonli qaroriga asosan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 15 ming nafar o‘qituvchilar uchun maktab formalariga 12 700,0 mln. so‘m miqdorida mablag‘lar ajratilgan.

Bir kun avval Toshkent shahar hokimining 761-14-0-Q/22 sonli qaroriga asosan esa Respublika budjetining 2022 yil ikkinchi chorak daromadlari rejasini orttirib bajarilgan qo‘shimcha manbasining Toshkent shahar mahalliy budjetiga ajratilgan qismi hisobidan umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining formalari uchun 3 000,0 mln. (uch milliard) so‘m miqdorida mablag‘lar taqsimlanishi e’lon qilingandi.

Agar har ikki qaror bo‘yicha maktab o‘qituvchilari formasiga yo‘naltirilayotgan umumiy mablag‘ hisobga olinsa, o‘qituvchi uchun bitta forma o‘rtacha 1 mln 47 ming so‘mdan tushmoqda.

E’tiborlisi, 27 iyul kuni Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov «o‘qituvchilar uchun ham yagona forma joriy etilayotganligi haqida hech qanday asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlar tarqayotgani, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilar uchun bunday talab joriy etilmaganligini, bu oddiy «feyk» xabar ekanligini» ta’kidlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring