Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir Marhamat tumanida uzr so‘ragan o‘qituvchilar bilan uchrashdi

Vazir Marhamat tumanida uzr so‘ragan o‘qituvchilar bilan uchrashdi

Xalq ta’limi vaziri Marhamat tumanida ota-onalar oldida uzr so‘rashga majbur qilingan o‘qituvchilar bilan uchrashish maqsadida Andijon viloyatiga bordi.

Vazir o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ularning ruhiyatini ko‘tarar ekan, bugun ularning obro‘si va qadr-qimmati Davlatimiz siyosati darajasidagi muhim masala ekanligi va ularni obro‘sizlantirishga hech kim haqli emasligini qayd etdi hamda yuz bergan holatni ustoz sha’nini yerga urish deb baholadi:

— Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarni ulug‘lash masalasini Davlat siyosatining eng yuqori darajasiga olib chiqib, o‘qituvchi jamiyatimizning eng hurmatli insoni bo‘lishi ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab kelmoqda. Shunday ekan, o‘qituvchini hafa qilishga hech kimning haqqi yo‘q. O‘qituvchi qadrlanmagan yurtning ertasi bo‘lmaydi. Shunday ekan, bugun har birimiz, hattoki o‘qituvchilarning o‘zi ham sha’ni va obro‘sini oshirish uchun harakat qilishi zarur, — dedi Baxtiyor Saidov o‘qituvchilar bilan uchrashuv chog‘ida.
Uchrashuv so‘ngida o‘qituvchilarning fikrlarini tinglagan vazir ular bilan maslahatlashgan holda mazkur holatga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga albatta chora ko‘rilishi alohida qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq ta’limi vaziri holatni nafaqat o‘qituvchilarning sha’nini yerga urish, balki davlat siyosatiga qarshi amalga oshirilayotgan harakat deb baholagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring