Vazirlik O‘zbekistonda ishsizlik kamayganini e’lon qildi
2022-yil davomida O‘zbekistonda turli sohalarda 2,7 million aholining doimiy bandligi ta’minlangan. 4 milliondan ziyod aholi mavsumiy mehnatga jalb etilgan.
Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumot berdi.
Yuridik shaxslar tomonidan 1 million 335 ming, shundan yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 305 ming aholining doimiy bandligi ta’minlandi.
Bandlikni ta’minlash borasidagi ishlar natijasida o‘tgan yilda respublikada yil boshiga nisbatan ishsizlik 9,6 foizdan 8,9 foizga kamaygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter