Vazirlik «so‘nggi qo‘ng‘iroq» bo‘yicha tavsiyalarini berdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022/2023-o‘quv yilini yakunlash va «so‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqdi.
Unga ko‘ra, maktab ma’muriyatiga quyidagilar tavsiya qilingan:
— umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «so‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 25 may kuni ertalab soat 08:00 dan 09:00 ga qadar «Ilmni qadrlang, ilmga intiling!» shiori ostida tashkil etish tavsiya qilingan.
— tadbirni tartibli o‘tkazish va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilarini jalb etish;
— tadbirni mahalla qo‘mitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini ta’minlash;
— «so‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘ymaslik;
— maktab hayotida faol ishtirok etayotgan o‘quvchilarning ota-onalarini ma’naviy rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish.
Shuningdek, vazirlik maktablarda «so‘nggi qo‘ng‘iroq» bayram tadbirini o‘tkazish bo‘yicha na’munaviy ssenariya ham ishlab chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter