Vaziyat og‘irlashmoqda – SSV yana antirekordni qayd etdi
Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 924 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 559 nafarga yetdi, COVID-19 dan 8 nafar bemor vafot etdi.
2021 yil 30 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 129327 (+924) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 95 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 35 nafari Andijon viloyatida,
- 17 nafari Buxoro viloyatida,
- 99 nafari Jizzax viloyatida,
- 29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 20 nafari Navoiy viloyatida,
- 35 nafari Namangan viloyatida,
- 94 nafari Samarqand viloyatida,
- 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 102 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 89 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 47 nafari Xorazm viloyatida,
- 98 nafari Toshkent viloyatida,
- 136 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 559 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 123164 (+796) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 874 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter