«Vaziyat taqozo qilsa, Vatanga olib kelinadi» – TIV rasmiysi Pokiston va Hindistondagi o‘zbekistonliklar to‘g‘risida

O‘zbekiston hukumati joriy yilning 7-mayida boshlangan Pokiston-Hindiston qurolli to‘qnashuvi borasida o‘z tutumini e’lon qilib, jumladan, «ikkala tomonni vazminlik ko‘rsatishga, tinchlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qilishga, vaziyatning yanada yomonlashishini oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga» chaqirgan edi.
«Xabar.uz» ushbu qurolli mojaro ishtirokchilari – Hindiston va Pokiston davlatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining taqdiri bilan qiziqdi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanovning tahririyatga ma’lum qilishicha, ayni paytda har ikki mamlakatdagi O‘zbekiston elchixona va konsulliklari faol ish olib boryapti.
«Hindiston va Pokiston davlatlarining kuch ishlatar tizimlari bilan doimiy aloqadamiz. Eskalatsiya ehtimoli bo‘lgan hududlar haqida ma’lumotlarimiz bor.
O‘z navbatida, hozirga qadar ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan fuqarolarimizdan diplomatik idoralarimizga murojaat kelib tushmadi. Shunday bo‘lgan hollarda esa fuqarolarimizni xavfsiz joylarga o‘tkazish yoki O‘zbekistonga qaytarish choralari, albatta, ko‘riladi», – deydi TIV rasmiysi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter