Vaziyat yaxshilangani yo‘q — SSV kechagi statistikani e’lon qildi
Kecha yurtimizda 966 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
2021-yil 13-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 142124 (+966) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 88 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 37 nafari Andijon viloyatida,
- 25 nafari Buxoro viloyatida,
- 68 nafari Jizzax viloyatida,
- 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 21 nafari Navoiy viloyatida,
- 40 nafari Namangan viloyatida,
- 96 nafari Samarqand viloyatida,
- 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 91 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 43 nafari Xorazm viloyatida,
- 101 nafari Toshkent viloyatida,
- 209 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 135228 (+921) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 970 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter