Venesuela prezidenti xalqiga «Telegram» va «WhatsApp»dagi raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying»
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat fuqarolari uchun «Telegram» va «WhatsApp»dagi o‘z raqamlarini ochiqladi.
«Venesuela va xalqimiz haqidagi haqiqat uchun kurashga «WhatsApp» va «Telegram» orqali qo‘shilyapman. Maduro — «WhatsApp»da, Maduro — «Telegram»da. Mana mening raqamim — 04262168871, uni o‘z guruhlaringizga qo‘shib qo‘ying», — dedi davlat rahbari «Twitter»dagi jonli efir payti.
Maduro, shuningdek, dushanba, 30 noyabrdan boshlab cheklovlar (karantin bo‘yicha) muntazam yumshatib borilishiga va’da bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter