Vengriya Zelenskiyni «tahdidlarni to‘xtatishga» chaqirdi

Vengriya va Ukraina o‘rtasida «Drujba» neft quvuri bo‘yicha keskin bayonotlar almashinuvi kuzatildi.
24-avgust kuni Kiyevdagi matbuot anjumanida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vengriyaning Ukrainani Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish masalasida qo‘llab-quvvatlamagani «Drujba» neft quvuriga qilingan zarbalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Bu so‘zlarga javoban Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Ukraina rahbariyatini «energetik xavfsizlikka tajovuz qilishda» ayblab, Zelenskiyni mamlakatga tahdid qilishni to‘xtatishga chaqirdi.
Ordan ko‘p o‘tmay, Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bayonot bilan chiqdi.
«Men vengrlarcha javob beraman. Siz Ukraina prezidentini nima qilish yoki gapirishini ko‘rsatishingiz shart emas. U – Ukraina prezidenti, Vengriyaniki emas», – dedi u.
Avgust oyi boshidan beri Ukraina dronlari «Drujba» neft quvuriga bir necha bor zarba bergan. Natijada Vengriya va Slovakiya Rossiyadan neft oladigan ushbu quvur ishi vaqtinchalik to‘xtab qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter