Vertolyot ishtirokida to‘y korteji uyushtirganlarga jarima yozildi
Ijtimoiy tarmoqlarda kelin-kuyov o‘tirgan vertolyot ortidan avtomobillar korteji harakatlangani aks etgan video tarqaldi.
Voqea Oqqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Kortej yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bergan.
Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchilarga nisbatan 129-modda (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter