Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Volocopter» — ikkita yo‘lovchini tashishga qodir uchuvchisiz «uchar taksi»

«Volocopter» — ikkita yo‘lovchini tashishga qodir uchuvchisiz «uchar taksi»

«Volocopter» uchar avtomobili.

Foto: «The Verge»

«Intel» kompaniyasi «Volocopter» uchar avtomobilini taqdim etdi. Ushbu uchuvchisiz boshqariladigan qurilma ikkita yo‘lovchini tashishga qodir, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Uchuvchisiz boshqariladigan qurilma avtonom taksi sifatida batareyalardan quvvat oladi va havoda 18 rotorli dvigatel yordamida harakatlanadi. «Tasavvur qiling smartfoningizdagi dasturni ochib, havo taksisida harakatlanishga buyurtma berasiz. Kelajak siz kutganingizdan ko‘ra ancha yaqinroq», — deydi «Intel» bosh direktori Brayan Krjanich.

«Volocopter» 2012-yilda asos solingan nemis kompaniyasining mahsulotidir. Kompaniya birinchi bor o‘zining yo‘lovchi tashuvchi dronini 2013-yilda yaratgan bo‘lib, u «Monte Carlo Hotel Park Theater» ishtirokchilariga «Intel» tomonidan taqdim etilgan, chunki kompaniya ushbu ixtiroga qiziqib qolgan.

«Volocopter»da to‘rtta girobarqarorlashtirgich mavjud bo‘lib, u qurilmaning parvozdagi holatini belgilab beradi. Batareya tizimi bir-biridan alohida ishlovchi to‘qqizda bo‘linmaga bo‘lingan va ularning har biri ikkita rotor orqali quvvatlanadi. Bu esa qurilmadagi ikkita akkumulyatorning quvvati «o‘tirib» qolsa ham uchishga yordam beradi.

Bundan tashqari favqulodda holatda biri ikkinchisining ishini bajaruvchi navigatsion tizim mavjud, shu bilan birga ballistik parashyut ham bor bo‘lib, u yo‘lovchining yerga «bus-butun» tushishini ta’minlaydi.

«Volocopter VC200» 30 daqiqa uchishga yoki 30 kilometr uzoqlikka parvoz qilishga mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring