«Xabar»chilar esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi
Davlatimiz rahbarining farmoni bilan «Xabar» tahririyatining to‘rt nafar vakili – Usmonjon Yo‘ldoshev, Shohida Isroilova, Ulug‘bek Oripov va Maftuna Yusupova O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Bugun, 28 avgust kuni Milliy matbuot markazida mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev va O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov sovrindorlarga mukofotlarni topshirdi.
Hamkasblarimizni ushbu e’tirof bilan muborakbod etamiz!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter