Habib bugungi jang oldidan bir sutkada 8 kg. vazn to‘pladi
![Habib bugungi jang oldidan bir sutkada 8 kg. vazn to‘pladi](http://static.xabar.uz/crop/5/8/720_460_95_588723359.jpg)
Engil vaznda Ultimate Fighting Championship chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik Dastin Pore bilan jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bir kun davomida u sakkiz kilogramm vazn to‘pladi.
Rossiyalik sportchining otasi va murabbiyi Abdulmannop Nurmagomedov avvalroq har ikkala jangchi belgilangan vaznni — 70,3 kg.ni (yengil vazn toifasi) qayd eta olishdi. Tarozidan o‘tish marosimidan keyin esa sportchilar tezda yana vazn to‘play boshladilar. Bunga qoidalarda ruxsat berilgan, deb xabar beradi TASS.
Eslatib o‘tamiz, jang bugun, 7 sentyabr kuni tunda Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq jang qaysi telekanalda namoyish etilishini ma’lum qilgandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter