Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalq banki»ning uch nafar xodimi mehnat faoliyati vaqtida halok bo‘lgani tasdiqlandi

«Xalq banki»ning uch nafar xodimi mehnat faoliyati vaqtida halok bo‘lgani tasdiqlandi

Foto: Bankir kundaligi

AT «Xalq banki»ning uch nafar xodimi mehnat faoliyati vaqtida halok bo‘lgani rasman tasdiqlandi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 6-noyabr, shanba kuni AT Xalq banki Nurota tuman filialining uch nafar xodimi mudhish avtohalokat oqibatida vafot etgandi.

Bank xodimlarining dam olish kuni nima yumush bilan markazga chaqirilgani haqida jamoatchilikda savollar paydo bo‘lgandi.

Ushbu holat yuzasidan maxsus tekshiruv o‘tkazish komissiyasini tuzish bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i tayyorlangani xabar qilingandi.

Mazkur holat maxsus komissiya tomonidan to‘liq o‘rganilgan.

O‘rganish natijasida vaziyat mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisa deb topilib, jabrlanuvchilarning har biriga tegishli dalolatnoma tuzish yuzasidan bank boshqaruvi raisi va Navoiy viloyat filialiga ko‘rsatma kiritilgan.

Shuningdek, maxsus tekshirish materiallari Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring