Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi Toshkentdagi ayrim maktablar buzilishi yuzasidan izoh berdi

Xalq ta’limi vazirligi Toshkentdagi ayrim maktablar buzilishi yuzasidan izoh berdi

Foto:«Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi bir nechta umumta’lim maktablarining buzilishi haqida ma’lumot tarqaldi. Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligi o‘z rasmiy saytida ushbu xabarga munosabat bildirdi.

«Xalq ta’limi vazirligi ushbu xabarni noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 10-bandiga muvofiq, umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarining yer uchastkalarini hamda ko‘chmas mulkini Xalq ta’limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi» deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunga qadar Xalq ta’limi vazirligiga mazkur maktablarning yer uchastkalarini va ko‘chmas mulkini begonalashtirish to‘g‘risidagi arizalar kelib tushmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring