Xalq ta’limi vazirligi Ortiqxo‘jayevning qarori yuzasidan bayonot berdi
Toshkentda o‘qituvchilar uchun formaga budjetdan 15,7 mlrd.so‘m pul ajratilgani, Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov esa o‘qituvchilar uchun formani «feyk» deb atagani muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Xalq ta’limi vazirligiga ko‘ra, ko‘plab ommaviy axborot vositalari va yurtdoshlarimizdan maktab o‘qituvchilariga majburiy forma joriy qilinganligiga oid murojaat va savollar kelib tushmoqda.
Ushbu savollarga javoban yurtimizdagi maktab o‘qituvchilari uchun mamlakat miqyosida belgilangan va tasdiqlangan yagona majburiy forma turi mavjud emasligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.
Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 28-maydagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 131-sonli buyrug‘iga asosan, tizim xodimlarning ichki tartib va odob-axloq qoidalari belgilangan. Unga ko‘ra, o‘qituvchilar maktab darajasida belgilangan dress-kod talablariga rioya qilishlari zarur.
«Shu o‘rinda Toshkent shahar hokimligining pul ajratganligiga izoh sifatida Xalq ta’limi vazirligi poytaxt maktablari o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi yo‘lidagi mazkur tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini hamda bu g‘amxo‘rlikdan minnatdorligini bildirib o‘tadi. Boshqa hudud hokimlarini ham o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashda faollikka chaqirib qoladi», deyiladi XTV munosabati yakunida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter