Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi Britaniya Kengashi bilan yangi loyiha doirasida hamkorlik qiladi

Xalq ta’limi vazirligi Britaniya Kengashi bilan yangi loyiha doirasida hamkorlik qiladi

Xalq ta’limi vazirligi va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi maktablarda ingliz tili o‘qitilishini isloh qilish loyihasi Future English («Kelajakdagi ingliz tili») doirasida hamkorlik qiladi.

2019-yilning 15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Reychel Aylend ingliz tili o‘qitilishini isloh qilishga qaratilgan harakatlar rejasi to‘g‘risidagi kelishuv xatini imzoladi.

Future English loyihasi Britaniya Kengashining ta’lim tizimida ingliz tilini o‘rganish va o‘qitishda sifatni ta’minlashga qaratilgan global strategik rejasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, kelgusidagi innovatsiyalarni tatbiq etishga hamda rivojlantirishga turtki bo‘ladigan tadqiqot o‘tkazishni ko‘zda tutadi.

Loyihaning asosiy maqsadi - mehnat bozoriga kirib borayotgan yoki oliy ta’lim olishga intilayotgan maktab bitiruvchilarining ingliz tili darajasi bo‘yicha ko‘tarilayotgan va qayta-qayta ta’kidlanayotgan muammolarni tadqiq etish hamda ingliz tilini o‘qitishdagi milliy siyosat va muhim strategiyalarni yaratishda qo‘l keladigan, xalqaro ma’lumotlar standartlari bilan taqqoslanishi mumkin bo‘lgan ishonchli ma’lumotlar tanqisligini bartaraf etishga qaratilgan.

Mazkur loyiha mavjud muammolarni aniq va ishonchli dalillar to‘plagan holda sifatli tadqiqot o‘tkazish hamda natijalardan kelib chiqib, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishiga ko‘maklashish orqali hal etishni ko‘zda tutgan. Future English loyiha yo‘nalishi ingliz tilini o‘qitish siyosatini yanada samaraliroq rivojlantirishda foydali bo‘luvchi ma’lumot hamda natijalarni global va mintaqaviy darajada taqqoslash imkonini beradi. Vaqt o‘tishi bilan ma’lumotlarning yangilanib borishi eng so‘nggi tendensiyalarni aniqlash imkonini beradi hamda milliy taraqqiyotda ingliz tilining roli va ta’sirini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonda Aptis for Teens testi asosida 9-10-sinf o‘quvchilarining ingliz tili bo‘yicha bilimlari baholanadi. Loyihaga kamida 150 ta mahalliy maktablar jalb etilishi kutilmoqda. Olingan ma’lumotlar asosida hisobot tayyorlanadi va uning asosida rejalar belgilanib olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring