Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarni ogohlantirdi

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarni ogohlantirdi

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.

«So‘nggi kunlarda ayrim telegram kanallar Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat yuritishi borasida haqiqatga zid bo‘lgan ma’lumotlarni bergan holda, o‘z jurnalida pullik asosda maqolalar chiqarish hamda pullik seminarlarga qatnashish xizmatlarini targ‘ib qilmoqda.

Buning evaziga esa sertifikat egalariga navbatdagi attestatsiyadan o‘tish, toifa va ustama olishda yordam bo‘lishi iddao qilinmoqda», deyiladi vazirlik murojaatida.

Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligi bunday kanallar bilan hech qanday aloqasi yo‘q ekanligini, ushbu kanal orqali beriladigan sertifikat esa hech qanday imtiyozlarga ega emasligini va Xalq ta’limi vazirligi pedagoglarga bu kabi pullik xizmatlar ko‘rsatmasligini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring