Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro armiya o‘yinlari g‘oliblari pul va harbiy unvonlar bilan taqdirlandi

Xalqaro armiya o‘yinlari g‘oliblari pul va harbiy unvonlar bilan taqdirlandi

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

17-sentyabr kuni «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasining Amfiteatrida «ArMI-2022» o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘targan harbiy xizmatchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi vakillari, Oliy Majlis deputatlari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerakki, joriy yilning 15-27-avgust kunlari yilning eng nufuzli harbiy musobaqalaridan biri bo‘lgan «ArMI–2022» Xalqaro armiya o‘yinlarida vakillarimiz 7 ta oltin, 10 ta kumush, 5 ta bronza medallariga ega bo‘lishdi. Shuningdek, 22 ta shaxsiy va jamoaviy rekord natijalarni ham qayd etib, 37 ta davlat ichida umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Bayramona tadbirda vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari har bir yo‘nalish bo‘yicha navbati bilan sahnaga chiqqan harbiy jamoalarning har bir a’zosini qutlab, pul mukofotlarini topshirishdi. Ya’ni, g‘olib va sovrindor bo‘lgan harbiy xizmatchilarimiz lavozim maoshlariga mos ravishda o‘n, olti va uch baravari miqdorida pul mukofoti hamda bir pag‘ona yuqori malaka toifalari bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, marosim davomida Xalqaro armiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilarga muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring